Misr, Isroli va BAA rahbarlari uchrashdi
Misr Ukrainadagi vaziyat tufayli iqtisodiy muammolarga duch kelmoqda.

Misr, Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilari uch tomonlama sammit uchun uchrashdilar, bu BAA Isroil bilan munosabatlarini normallashtirganidan keyin,shuningdek, Eron yadroviy kelishuvidan keyin birinchi uchrashuvdir.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Qizil dengiz bo‘yidagi Sharm al-Shayx kurortida Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet va BAAning amaldagi hukmdori, Abu-Dabi valiahdi shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar o‘tkazdi. Xabarlarda aytilishicha, uch yetakchi energiya, bozor barqarorligi va oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qilgan.
Bennet idorasi bayonotida aytilishicha, Rahbarlar dunyo va mintaqadagi so‘nggi o‘zgarishlar kontekstida uch davlat o‘rtasidagi aloqalarni va ularni barcha darajalarda mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilgan.
Isroil matbuotining bildirishicha, yetakchilar Eron va G‘arb davlatlari, jumladan, Qo‘shma Shtatlar 2015-yilgi yadroviy kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha kelishuvga yaqin ekani haqidagi xabarlarga ham to‘xtalib o‘tgan, Isroil esa bunga keskin qarshilik ko‘rsatmoqda.
Ukrainadagi urush tufayli Misr energetika va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida muammolarga duch kelmoqda, bu esa dushanba kuni Qohirani o‘z valyutasini 14 foizga qadrsizlantirishga undadi.
Urush, shuningdek, Misrni bug‘doy importi uchun katta xarajatlarga duchor qildi, Qizil dengiz kurortlariga rossiyalik va ukrainalik tashrif buyuruvchilarning turizmdan tushadigan daromadini yo‘qotdi. Rossiya va Ukraina Misrga bug‘doyning asosiy yetkazib beruvchilari hisoblanadi.







