O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

 

Bugun, 23-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya Federasiyasi delegasiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 


Uchrashuvda O‘zbekiston hududlarining Tatariston bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

 

Ilgari erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat yetakchi korxonalari o‘rtasida sheriklik aloqalari va kooperasiya rivojlanayotganining ilk muhim natijalari mamnuniyat bilan qayd etilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, o‘zaro savdo hajmi ortib, nomenklaturasi sifatli kengaymoqda, qator investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bugun Toshkent viloyatida yangi “Chirchiq” texnologik parki qo‘shma loyihasiga start berildi.

 

Gumanitar yo‘nalishda, shu jumladan ta’lim va madaniyat sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.


Shuningdek, suhbatda sanoat kooperasiyasi, axborot texnologiyalari, transport va logistika, farmasevtika va turizm sohalarida loyihalarni yanada ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.


Turli darajalardagi faol muloqotlarni va “yo‘l xaritasi” asosida birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olingan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi | Zamon.uz