Toshkentdagi 8 ta ko’cha avtomobillar harakati uchun yopilmoqda
Bu haqda shahar IIBB xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 01-07/1-341-sonli yig‘ilish bayoniga asosan, Toshkent shaxrida “Toshkent xalqaro marafon tadbiri” o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko’chalarda avtomobilllar harakati vaqtincha cheklanmoqda.
Olmazor ko’chasining Beshyog’och ko’chasidan I. Karimov ko’chasigacha bo’lgan hudud 25-mart kuni soat 16.00 dan 27-mart kuni soat 18.00 gacha vaqtincha yopiladi.
Shuningdek, quyidagi ko’chalarda 27 mart kuni soat 05:00 dan 18:00 gacha avtomobillar harakati to’xtatiladi:
– I.Karimov ko‘chasi: Olmazor ko‘chasidan Sh.Rashidov ko‘chasigacha;
– Sh.Rashidov ko‘chasi: I.Karimov ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
– Shaxrisabz ko‘chasi: A.Temur ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
– Afrosiyob ko‘chasi: Shaxrisabz ko‘chasidan Besh yog‘och ko‘chasigacha;
– Oybek ko‘chasi: Nukus ko‘chasidan Shaxrisabz ko‘chasigacha;
– Nukus ko‘chasi: Istiqlol ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
– A.Qodiriy ko‘chasi: Abay ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha.
“Poytaxtimiz aholisi va mexmonlaridan ushbu vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi rasmiy xabarda.








