Abramovich Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etgani ochiqlandi
Avvalroq Zelenskiy Baydendan milliarderga sanksiya joriy etmaslikni so‘ragandi.

Milliarder Roman Abramovich Rossiya-Ukraina muzokaralari tashkillashtirilishida ishtirok etgan.
Bu haqda Rossiya preziyenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
“U haqiqatdan ham muzokaralarning boshlang‘ich davrida ishtirok etgan. Hozirda ikki davlat vakillari tomonidan muloqot davom etmoqda”, – degan u.
Bundan avval The Wall Street Journal Vladimir Zelenskiyning Abramovichni qora ro‘yxatga kiritmaslikni so‘rab Baydenga iltimos bilan murojaat qilgani haqida axborot tarqatgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada rus oligarxlarining sanksiyalarga tushgan uyidan gumanitar maqsadlarda foydalanilishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.







