Avstraliya ham rus diplomatlarini chiqarib yuborishi mumkin
Avvalroq Polsha shunday yo‘l tutgandi.

Avstraliya tashqi ishlar vaziri Maris Peyen Rossiya diplomatlarining mamlakatdan chiqarib yuborilishini istisno etmadi. Bu haqda “TASS” xabar berdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘liq.
"Biz hech qachon Ukraina inqiroziga diplomatik yechim topishdan to‘xtamaganmiz. Buning uchun muloqot imkoniyatlarini saqlab qolish muhim", — degan Peyn. Uning qo‘shimcha qilishicha, RF elchisining chiqarib yuborilishi ehtimoli saqlanib turibdi. Shu bilan birga diplomat Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanallarini saqlab qolish muhim ekanini qayd etgan. Elchixona esa ana shunday kanallardan biri hisoblanadi.
O‘z navbatida Rossiya diplomatik vakolatxonasi holatga izoh berar ekan, bu kabi bayonotlar birinchi marta berilmayotganini maʼlum qilgan. "Kanberraga Moskva bilan muloqot kanali kerakmi-yo‘qmi — buni hal qilish vaqti keldi", — degan RF elchisi Aleksey Pavlovskiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha 45 rus diplomatining mamlakatni tark etishini talab qilgandi.







