O'zbekiston

Militsioner, shifokor va tadbirkor: O‘zbekistonning baland bo‘yli bo‘ydorlari

Farg‘ona shahri ko‘chalarida bo‘yi 2 metr-u 20 cm bo‘lgan Ichki ishlar xodimini ko‘rgan odamning yuziga tabassum yuguradi. Darhol, u bilan rasmga tushishga oshiqadi.

Militsioner, shifokor va tadbirkor: O‘zbekistonning baland bo‘yli bo‘ydorlari

 

IIO xodimi Sherzod Sirojiddinov bolaligidan boks bilan shug‘ullangan. Uning ish topishida ham bo‘yining uzunligi yordam bergan. 

 

Uzun bo‘yli bu yigit o‘sha paytlari Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Prezident davlat maslahatchisi Tursunxon Xudaybergenovning e’tiborini tortadi. Shundan so‘ng u organga ishga qabul qilinadi.

 

Ammo bo‘yi juftini topishda biroz qiyinchilik tug‘dirgan. Ota-onasi o‘g‘liga mos kelin qidirib, naqd bir yildan ortiq sovchilikda yurgan. Izlay-izlay oxiri Sherzod Sirojiddinov baxtini Marg‘ilondan topadi. Uning turmush o‘rtog‘i Rahima Sirojiddinovaning bo‘yi 1 metr-u 86 santimetr. 

“Bo‘yimning uzunligi ko‘pincha yaxshillikka xizmat qiladi. Uy ishlarida qo‘l yetmas joylarni artishda, ayniqsa. Xalaqit qilgan kezlari ham bo‘ladi. Masalan, eshikdan kiryotganimda yoki mashinaga o‘tirayotganimda noqulaylik tug‘diradi. Hattoki, bozordan o‘zimga loyiq ust-bosh va oyoq kiyim topolmayman. Hammasini tiktiraman” , — deydi qahramonimiz. 

 

Sherzod Sirojiddinov hozirda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi patrul post xizmati birinchi bataloni 3-otryadida safdor xodim. Huquqbuzarlar bilan kurashishda ham unga bo‘yi yordam beradi. Ular qochadigan bo‘lsa, Sherzod tezda ushlaydi.  

Yana bir bo‘ydor yigitni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar bo‘limida uchratish mumkin. Qahramonimiz bu yerda kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi. 

 

Piskentlik Otabek To‘ychiyev 30 yoshda. Uning bo‘yi 2 metr-u 5 cm.

 

Otabekka bo‘yi hayotdagi juftini topishda xalaqit bermagan. Ammo u ham Sherzod kabi ust-bosh va oyoq kiyim topishda qiynaladi. Ish stolida ham uzunligi biroz noqulaylik tug‘diradi.

 

"Abu-Saxiy" bozoridagi do‘konlarning birida bo‘yi 2 metr-u 5 cm bo‘lgan tadbirkor (sotuvchi) yigitni uchratishingiz mumkin. Ish faoliyatida uning bo‘yi har doim yaxshigina qo‘l kelgan. O‘zini sir tutishni xohlagan bu qahramonimiz xaridorlarga yuqoridagi buyumlarni hech bir yordamsiz bemalol olib beroladi.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Militsioner, shifokor va tadbirkor: O‘zbekistonning baland bo‘yli bo‘ydorlari | Zamon.uz