Stoltenberg NATOa rahbarlik qilishda davom etadi
Uning ishidan alyans aʼzolari mamnun ekanligi maʼlum qilingan.

Yens Stoltenbergning NATO bosh kotibi sifatidagi vakolatlari uzaytirilishi mumkin. Bu haqda Norvegiyaning TV2 telekompaniyasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Stoltenberg yana bir yil davomida alyansga boshchilik qilishi mumkin. Uning vakolatlari joriy yilning sentyabrida tugashi kerak edi.
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gr Styore NATO ittifoqchilarining Stoltenberg ishidan mamnun ekanini maʼlum qilgan. Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika ittifoqiga 2014 yildan buyon rahbarlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO sharqiy qanoti kuchaytirilishi maʼlum qilingandi.







