O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat hamkorligini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

 

Bugun, 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Maksim Reshetnikov davlat rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan va Toshkent forumining muvaffaqiyatli natijalari bilan samimiy tabriklagan.

 

Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston–Rossiya hamkorligini kengaytirish bo‘yicha oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Sanoat kooperatsiyasiga doir aniq loyihalarni ilgari surish va o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

 

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yil yakuni bo‘yicha ikki tomonlama tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetgan. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko‘rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.


Shuningdek, uchrashuvda ikki mamlakat hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi | Zamon.uz