Rossiya AQSH uchun tahdid tug‘diruvchi davlat sifatida belgilandi
Bu haqda yangilangan milliy mudofaa strategiyasida so‘z boradi.

AQSH milliy mudofaa strategiyasida Rossiya yana tahdid sifatida belgilanadi.
Bu haqda Qo‘shma Shtatlar mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kolin Kol maʼlum qildi.
AQSHda har bir prezident saylovidan keyin yangi administratsiya milliy xavfsizlik bo‘yicha barcha konsepsiya va doktrinalarni qayta ko‘rib chiqadi. So‘nggi bor Milliy mudofaa strategiyasi 2018 yilda Donald Tramp maʼmuriyati tomonidan qabul qilingan edi.
Kolning so‘zlariga ko‘ra, yangi strategiyada Rossiya AQSHga “o‘tkir tahdid” sifatida baholanadi. Shu bilan birga u Moskva Xitoy kabi uzoq istiqbolli tahdid emasligini taʼkidlagan.
Shuningdek, Kolning fikricha, Rossiya Ukrianadagi urushdan zaif va yakkalangan holda chiqadi.
“Men aminmanki, Rossiya nizodan urushdan oldingidan zaif bo‘lib chiqadi: harbiy, iqtisodiy, siyosiy va geosiyosiy zaiflashuv sodir bo‘ladi”, – degan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO harbiy-taktik tayyorgarlikni kuchaytirishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







