Samarqandda Suriyaga ketmoqchi bo’lgan 8 nafar shaxs ushlandi
Ular ijtimoiy tarmoqda terroristik materiallar muhokama qilinadigan guruh a’zosi bo’lishgan.

DXXning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida terroristik tashkilot g’oyalarini qo’llab-quvvatlab kelgan 12 nafar fuqaro qo’lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Pastdarg’om tumanida yashovchi shaxs ijtimoiy tarmoqda 12 nafar mahalliy fuqarodan iborat virtual guruh tuzib, unda terroristik tashkilotga tegishli materiallarni muntazam tarqatib kelgan.
Shundan so’ng guruh a’zolaridan 8 nafari Suriyadagi XTT safiga qo’shilish uchun mamlakatdan chiqib ketishni rejalashtirgan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








