Xorazmda hokim o‘rinbosari 12 ming dollar pora bilan ushlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Hazorasp tumanining hokim o‘rinbosari 12 ming dollar pora bilan qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, xodim mansab mavqeyidan foydalanib, “Qirtepa” mahallasi hududida noqonuniy qurilgan turarjoy binolarini buzmaslik va ushbu mahalladagi 18 sotix yer maydonini qurilish uchun ajratib berish evaziga fuqarodan 12 ming dollar miqdorida pul talab qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








