Jahon

“Anonymous” xakerlari Rossiya Markaziy bankiga kiberhujum uyushtirdi

Shuningdek, ular hukumatga barcha davlat sirlarini fosh qilish bilan tahdid qilmoqda.

“Anonymous” xakerlari Rossiya Markaziy bankiga kiberhujum uyushtirdi

 


“Anonymous” xakerlar guruhi Rossiya Markaziy bankining 28 Gb hajmdagi maʼlumotlarini ommaga eʼlon qildi. Bu haqda xakerlarning Twitterdagi sahifasida ma'lum qilingan. 

 

Bundan tashqari, ular Rossiya prezidenti Vladimir Putinga videomurojaat yo’llashib, uning ostiga “xalq o‘z hukmdoridan qo‘rqmasligi kerak, hukmdor o‘z xalqidan qo‘rqishi kerak” deb yozib qo’yishgan.

 

“Endi biz Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining minglab hujjatlarini, barcha turdagi operatsiyalarni, farmonlarni, hisobotlarni nashr etamiz. Odamlar Rossiya iqtisodiyoti aslida nima ekanligini bilib oladi. Deklaratsiyalar, yozishmalar, boshqa davlatlar bilan imzolangan savdo shartnomalari, sirlari shular jumlasidan. Rus  oligarxlari, sizning maxfiy videolaringiz va ilovalaringizni bilamiz. Biz sizning saroyingizdamiz, biz siz ovqatlanadigan joydamiz, biz sizning stolingizdamiz, biz siz uxlayotgan joydamiz”, deyiladi xakerlar qoldirgan xabarda.

 

Eslatib oʻtamiz, 24-mart kuni “Anonymous” Rossiya moliyaviy regulyatori maʼlumotlar bazasini buzib kirgan va yaqin orada uni ommaga eʼlon qilishga vaʼda bergan edi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Anonymous” xakerlari Rossiya Markaziy bankiga kiberhujum uyushtirdi | Zamon.uz