Yana bir davlat Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘lish istagini bildirdi
Avvalroq Isroil va Turkiya shunday taklif bilan chiqqandi.

Braziliya Rossiya va Ukriana muzokaralarida vositachilik qilish istagini bildirdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Karlos Fransa maʼlum qildi.
“Tinchlikka erisha olаmizmi – buni bilmayman. Biz bu nizo bo‘layotgan joydan uzoqdamiz. Ammo Braziliya tinchlikka yo‘naltirilgan tashqi siyosati va BMT konsensus pozitsiyasidan kelib chiqib ushbu muloqot vositachisi bo‘lishi mumkin”, – degan u CNN Brasil‘ga bergan intervyusida.
Shuningdek, u AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida Rossiyaga qarshi sanksiyalar uning butun dunyodagi hamkorlariga zarba berayotganini aytganini maʼlum qilgan.
Avvalroq milliarder Roman Abramovich Rossiya-Ukraina muzokaralari tashkillashtirilishida ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.







