Baydenning Putin haqidagi so‘zlari katta muammo tug‘dirmoqda
AQSH senatorlari Prezidentning nutqidan norozi.

AQSH senatorlariga ko‘ra, prezident Jo Baydenning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin haqidagi so‘zlari keskinlikni kuchaytirib, Vashington ma’muriyati o‘tmishda oldini olishga ko‘p harakat qilgan ulkan muammoni yuzaga keltirmoqda.
Senatorlar Baydenni nozik mavzularga tayyorgarliksiz izoh bermaslikka chaqirgan.
“U yaxshi nutq so‘zladi, lekin matnga qat’iy rioya qilishni istardim. U aytgan to‘qqizta so‘z bunday portlash keltirib chiqarishi mumkinligini anglamaydi. Hozir ma’muriyat har qanday holatda ham keskinlikdan qochishga harakat qilishi kerak", deydi senator Jim Rish.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Bayden Varshavaga tashrifi chog‘ida Putin haqida gapirar ekan, “bu odam hokimiyatda qola olmaydi” degan bayonot bilan chiqqan.








