Gulistondagi MCHJ rahbarlaridan biri restoranda pora bilan ushlandi
U FVV tizimiga ishga kiritish evazida fuqarodan 800 dollar miqdorida pul talab qilgan.

DXX hamda tegishli tashkilotlar tomonidan Guliston shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida FVV tizimiga ishga kiritish evaziga 800 dollar miqdorida pora olgan MCHJ rahbari qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, rahbar o‘zining Sirdaryo viloyati FVBda ishlaydigan tanishlari orqali fuqaroni ishga joylashtirmoqchi bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Xorazmda hokim o‘rinbosari 12 ming dollar pora bilan ushlangandi. U 18 sotix yer maydonini turarjoy qurish uchun ajratib bermoqchi bo‘lgan.








