O'zbekiston

Men Madaniyat vazirligi ishini qoniqarsiz deb topaman – Baxtiyor Sayfullayev

Senat majlisida Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi vazirlik faoliyati keskin tanqid qilindi.

Men Madaniyat vazirligi ishini qoniqarsiz deb topaman – Baxtiyor Sayfullayev

 

Joriy yilning 25-mart kuni Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu xaqda Senat axborot xizmati xabar qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, majlisda madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining axboroti eshitilgan.


Muhokamalar jarayonida sohada amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi ta’kidlangan. Jumladan, vazirlik tizimida oliy ma’lumotli malakali kadrlar taqchilligi joylarda madaniyat sohasida davlat siyosatining samarali olib borilishiga, belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


Vazirlik tizimidagi 826 ta madaniyat markazining 436 tasida bino va inshootlar bilan bog‘liq muammolar borligi tufayli ular samarali faoliyat olib bormayapti.

 

Birgina Xorazm viloyatida 2019 – 2022 yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxati doirasidagi 28,0 mlrd so‘mlik ishlar bajarilmagan.

 

Sobiq madaniyat vaziri, qo‘mita raisi Baxtiyor Sayfullayev madaniyat vazirligi tizimini tanqid qilgan: “Tizim bo‘lmagandan keyin natija ko‘rinmaydi. Ikki yildan beri kutamiz, yangi vazir, o‘ziga kelib olsin, o‘rgatmaylik dedik va nihoyat chegaraga yetib keldik”.


Senator Sayfullayev Madaniyat vazirligi tizimida oliy ma’lumotli kadrlar yetishmayotganini tanqid qilib, bilimsiz xodimlarni chetlashtirish taklifini bildirgan.

 

“Vazirni uyaltirayotgan, vazirning oyog‘idan tortayotgan, vazirlikni sharmanda qilayotgan mana shunaqa xodimlar”, — degan u.


E’tirozlarga javoban Nazarbekov ma’lum muddat vazirlik tizimidagi xodimlar maoshi keskin tushib ketgani ortidan xodimlarda ishchanlik qobiliyati pasayganini, ammo hozirda vaziyat ijobiy hal etilganini ma’lum qilgan.

 

“O‘sha paytlarda nafaqat talab qilsam, hatto, sal qovoq solib, qattiq gapirsam ham ketib qolayotgandi, xodimlar. O‘zi zo‘rg‘a yurishgandi”, — deydi vazir.

 

Uning aytishicha, hududlarda davlat-xususiy sherikchilik asosida madaniyat markazlari va istirohat bog‘lari tashkil etish, ularga tuman/shahar markazlaridan joy ajratish belgilangan. Ammo ishni amalga oshirishda to‘siqlar mavjud.

 

Qo‘mita raisi vazirlik Senat bilan bamaslahat ish olib bormaganini, mavjud muammolarni bartaraf etishda yordam so‘ramayotganini, berilayotgan imkoniyatlardan foydalanolmayotganini ta’kidlagan.


Yig‘ilish so‘nggida qo‘mita raisi tomonidan mutasaddilarga bir kun muddat ichida muammolar yechimiga qaratilgan takliflarni berish talabi qo‘yilgan.

 

“Hozir qat’iy qaror qabul qila olmayman. Men madaniyat vazirligi ishini qoniqarsiz deb topaman”, — deya yig‘ilishga yakun yasagan Sayfullayev.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Men Madaniyat vazirligi ishini qoniqarsiz deb topaman – Baxtiyor Sayfullayev | Zamon.uz