Ramzan Qodirov AQSHni “iqtisodiy vampir” deb atadi
Prezident Baydenni esa “eskirgan kovboy” deb nomlagan.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegramdagi kanalida Qo‘shma Shtatlarni “iqtisodiy vampir”, mamlakat prezidenti Jo Baydenni esa “qari kovboy” deb atadi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari – iqtisodiy vampir. Bayden – Pentagonning uzoq muddatli vahshiyliklarini yorituvchi harbiy jinoyatchi. O‘z mamlakatlaringizni qutqaring. Bir axmoq kovboy mamlakatni buzishiga yo‘l qo‘ymang”, deb yozgan u.
Shuningdek, Qodirov Yevropa davlatlari rahbarlariga ham murojaat qilgan.
“Yevropa davlatlari rahbarlari, vaziyatga hushyor baho beringlar, bu davlatning tepasida ochiqdan-ochiq janjal turgan bir paytda sizda Amerika zulmidan qutulish uchun ajoyib imkoniyat bor”, degan Checheniston yetakchisi.








