“Tuyamo’yin” gidrouzelida korxona pullari talon-taroj qilindi
4 nafar mansabdorga sud tomonidan jazo tayinlangan.

Ijtimoiy tarmoqda Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasining moliyaviy faoliyati to‘g‘risida tanqidiy maqola e’lon qilindi. Holat bo’yicha viloyat prokuraturasi o’rganish ishlari olib borib, quyidagilarni ma’lum qildi.
O‘rganish davomida Tuyamo‘yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasining 4 nafar mansabdor va moddiy javobgar xodimlari korxona mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan va Tuproqal’a tuman sudi tomonidan tegishli jazolar qo‘llangan.








