Andijonda “Neksiya–3”ni daraxt bosib qoldi
Holat bo‘yicha rasmiy izoh berildi.

Ijtimoiy tarmoqda Andijonda kuchli shamol sababli daraxt “Neksiya–3”ni bosib qolgani haqida videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi matbuot xizmati rasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 29-mart kuni Andijon shahrining Bo‘ston dahasida kuchli shamol esishi sabab yo‘l chetidagi daraxt ag‘darilgan va “Neksiya–3” rusumli avtomashinaning old qismini bosib qolgan.
Hodisa oqibatida transport vositasining old oyanasiga zarar yetgan. Hech kim tan jarohati olmagan.








