“Anonymous” xakerlari Rossiyaning aviatsiya serverlarini buzib kirdi
Jami 65 terabaytga yaqin ma’lumotlar yo‘q qilingan.

“Anonymous” xalqaro xakerlik guruhi “РосАвиация” serverlarini buzib kirdi. Bu haqda ular o‘zlarining Twitter sahifasida ma’lum qilishgan.
Federal havo transporti agentligi infratuzilmasiga kiberhujum natijasida serverlardan barcha hujjatlar, fayllar, havo kemalarini ro‘yxatga olish ma’lumotlari va pochta jo‘natmalari o‘chib ketgan. Hammasi bo‘lib 65 terabaytga yaqin ma’lumotlar yo‘q qilingan.
Rasmiylar ma’lumotlarning nusxalarini izlamoqda. Aviation Herald nashrining yozishicha, bu ma’lumotlarning zaxira nusxasi yo‘q — Rossiya Moliya vazirligi bunga mablag‘ ajratmagan.








