Buxorodagi tug‘uruqxonada 30 yoshli ayol vafot etgani aytilmoqda
Mart oyi boshida 22 yoshli ayol egizak farzand dunyoga keltirib, hayotdan ko‘z yumgandi.

Buxoro viloyatida joylashgan “Mohi xosa raddom”ida 30 yoshli homilador ayolning vafot etgani aytilmoqda. Bu haqda “Bukharanews” telegram kanali xabar berdi.
Tug‘urukxonadagi manbalarning aytishicha, ayol ikki oylik homilasini oldirish uchun muassasaga murojaat qilgan va “abort” qilish jarayonida vafot etgan. Holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.
Joriy yilning 9-mart kuni Buhorodagi xuddi shu tug‘uruqxonada 22 yoshli ayolning vafot etgani xabar qilingandi.








