"Motamsaro ona"ning olovi o‘chadi
Toshkent shahar hokimligi buning sababini ochiqladi.

Hokimlikning xabar berishicha, Yunusobod tumani Navoiy ko‘chasi — Mustaqillik maydonida joylashgan "Motamsaro ona" majmuasidagi Mangu olov qurilmasiga maʼlum muddat gaz taʼminoti yetkazilishi to‘xtatiladi.
Bunga sabab qurilmada taʼmirlash ishlari olib borilayotganidir.
Maʼlumot uchun: mazkur majmua 1999 yilda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov boshchiligida barpo etil bo‘lib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimizga atalgan.
Majmuadagi "abadiy olov" esa urushda halok bo‘lgan qahramonlar xotirasining manguligini anglatib turadi.







