O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni maʼlum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilga ko‘ra korxonalar soni 306 taga ortgan.

2022-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 882 ta tashkil etgan.
Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2021 yilning mos davriga nisbatan 306 taga oshgan. Ushbu korxonalarning 765 tasi qo‘shma va 1 117 tasi xorijiy korxona hisoblanadi. O‘tgan yil davomida O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 407 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.
Yillar kesimida olib qaraladigan bo‘lsa O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
🔸 2018 yilda – 364 ta
🔸 2019 yilda – 437 ta
🔸 2020 yilda – 330 ta
🔸 2021 yilda – 407 tani tashkil etgan.







