Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Toshkentga yetib keldi
Oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan kutib oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bugun rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Turkiya yetakchisi davlat rahbari hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ygan. Mehmonga majmuada aks ettirilgan tarix va mazmun haqida so‘zlab berilgan.
Eslatib o‘tamiz, Oliy martabali mehmon rasmiy tashrif bilan 29–30-mart kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi.








