AQSH va Rossiya prezidentlari uchrashadimi?
Oq uy vakili javob berdi.

AQSH va Rossiya prezidentlari faqatgina Ukrainada deeskalatsiya sodir bo‘lgandagina uchrashishi mumkin. Bu haqda Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Keyt Bedingild maʼlum qildi.
"O‘ylashimcha, u (Bayden) bu janob Putinning nima haqda gaplashishni istayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Men ikki prezidentning uchrashuvi shartlarini belgilay olmayman. Bayden bu muloqot tashkil etilishidan avval Rossiya tomonidan sezilarli deeskalatsiya talab etilishini va diplomatik hamkorlikka intilishni ko‘rsatish lozimligini taʼkidladi", — degan u jurnalistlarning Putin va Baydenning ehtimoliy uchrashuvi to‘g‘risidagi savoliga.
Maʼlumot o‘rnida: Jozef Bayden dushanba kuni Putin bilan yangi uchrashuvni istisno etmasligini maʼlum qildi. U bo‘lajak muzokaralar uning kun tartibiga bog‘liq ekanini qayd etgan.
Avvalroq Bayden Putin haqidagi fikrlarini qaytib olmasligini aytgandi.







