Buxoroda tovus patini yulib olgan qizning onasi jazolandi
Holat bo‘yicha viloyat IIB rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Buxoro shahridagi “Sitorai Mohi Xosa” tarixiy majmuasida voyaga yetmagan qiz tovusning patini yulib olgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26 mart kuni g‘ijduvonlik ikk nafar voyaga yetmagan shaxs qarindoshlari bilan “Sitorai Mohi Xosa” tarixiy muzeyiga sayohatga kelgan. Ularning ikki nafari muzey hovlisidagi tovusning patini yulib olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan qizning onasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.








