“Tolibon” afg‘on askarlariga yangi taqiq joriy etdi
Bu smartfonlar bilan bog‘liq.

Afg‘oniston mudofaa vazirligi askarlarga smartfonlardan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub ma’lum qildi.
“Harbiy korpus, brigada va qismlardagi aksariyat askarlar smartfonlardan foydalanmoqda. Bu esa ularning qimmatli vaqtini bekor o‘tkazish bilan teng, shuningdek, askarlar ruhiyatiga va umumiy safarbarlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — degan u.
Shu bilan birga, Muhammad Yoqub faqatgina ofiserlarga, zarurat tug‘ilgandagina smartfon ishlatishga ruxsat bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu faqatgina shtab boshlig‘i, uning birinchi o‘rinbosari, shuningdek harbiy korpus, brigada va qismlar qo‘mondonlarigagina taalluqli.
Avvalroq Afg‘onistonda BBC faoliyati taqiqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.








