O'zbekiston

Turkiya Prezidenti Xorazmdagi Ichan qal’aga tashrif buyurdi

Tashrif davomida bir qancha madrasa, masjid va maqbaralar ziyorat qilingan.

Turkiya Prezidenti Xorazmdagi Ichan qal’aga tashrif buyurdi

 

Bugun, 30-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Xivadagi Ichan qal’aga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ta’kidlanishicha, ikki yetakchining ham tarixga qiziqishi, hurmati baland. Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi chog‘ida Istanbuldagi Topkapi saroyini borib ko‘rgan edi. Rejep Tayyip Erdog‘an ilgari yurtimizga kelganida Buxoroni ziyorat qilgan.

 

Bu qal’a Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan-bir butun boshli shahar-yodgorlikdir. Uning “ochiq osmon ostidagi muzey” deya e’tirof etilishi shundan. Bu yerda 120 dan ziyod me’moriy obidalar bor.

 

Xiva shahri 1990 yil 12 dekabrda YUNESKO Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. 1997 yilda shaharning 2500 yillik yubileyi nishonlangan.

 

Bu uzun tarix davomida Xiva ko‘plab turkiy davlatlarning markazi bo‘lgan. U 2020 yilda Turksoy xalqaro tashkiloti tomonidan Turk dunyosining madaniy poytaxti, deb e’lon qilingan.

 

Shu jihatdan, O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining bu qadimiy shaharga tashrifi katta ma’noga ega. 

 

Mehmonlar Ichan qal’adagi Ota darvoza, Ko‘k minora, Ko‘hna ark saroyi va madrasalar, hunarmandlik rastalarini ko‘zdan kechirdi. Pahlavon Mahmud maqbarasi, Juma masjidi ziyorat qilindi. 

 

Davlat rahbarlari hunarmandlar, sayyohlar bilan samimiy suhbatlashgan. Xorazmcha qo‘shiq va raqslar ijrosi barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etgan.  Xivaning davlatchilik va ilm-fan rivojida tutgan o‘rni, qadimiy obidalari va san’ati turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Turkiya Prezidenti Xorazmdagi Ichan qal’aga tashrif buyurdi | Zamon.uz