Abramovichning Rossiya-Ukraina muzokaralaridagi roli qanday?
Ukriana prezidenti maslahatchisi bu haqda maʼlumot berdi.

Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak milliarder Roman Abramovichning Kiyev-Moskva muzokaralaridagi rolini ochiqladi. Bu haqda siyosatchi “Ukraina 24” kanaliga intervyusida aytgan.
Podolyak Abramovichning vazifasini eng muhim sifatida baholadi.
“Agar bizning o‘rtamizda shunday vositachi bo‘lmaganda, aloqalarni yo‘lga qo‘yish juda qiyin bo‘lardi.
Abramovich guruhlar o‘rtasida logistika masalasida yordam beryapti. O‘rtamizda urush ketyapti, biz bir-birimizga sovuq munosabatdamiz. Muzokara jarayoni tezroq va samarali o‘tishi uchun Abramovich harakat qilmoqda. U bu vazifani yaxshi o‘tamoqda: muzokaralar doimiy bo‘lmoqda”, – degan Podolyak.
Avvalroq Kreml Abramovichning muzokaralarda ishtirok etganini maʼlum qilgandi.







