O'zbekiston

“Chevrolet Tracker–2” avtomobilini seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda

“UzAuto Motors” AJ kommpaniyasi ishlab chiqarishning yangi bosqichiga o‘tdi.

“Chevrolet Tracker–2” avtomobilini seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda

 

“UzAuto Motors” Asaka shahridagi zavodning liniyalarida “Chevrolet Tracker-2” avtomobillari kuzov qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bundan tashqari, mutaxassislar uchun treninglar o‘tkazilib, tayyorgarlik ishlari reja asosida amalga oshirilyapti va boshqa tizimli ishlar olib boriladi.


Kompaniya joriy yilning avgust-sentyabr oylarida avtomobil modellari liniyalarida modifikasiya va unifikasiya qildi. Bu liniyalarda robotlashtirish darajasi 55 foizni tashkil etadi. Bu yuqori ko‘rsatkich. “Chevrolet Tracker–2” va “Chevrolet Onix” avtomashinalari  zamonaviy standartlarga mos kelishini ko‘rsatdi. Masalan, so‘nggi modernizasiya ishlaridan oldin robotlashtirish darajasi 5-10 foizni tashkil etgan edi.

 

“UzAuto Motors” AJ Asaka shahridagi zavodida yangi “Chevrolet Tracker–2” avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi boshlandi.

 

Test sinovi tariqasida chiqarilyotgan “Tracker” avtomobillari “NON-SALABLE”, ya’ni “sotuv uchun mo‘ljallanmagan” hisoblanadi. Sotuv uchun mo‘ljallanmagan avtomobillar esa yig‘uv jarayonidagi barcha zaruriy  bosqichlarni sinab ko‘rish hamda qayta ishlash imkonini beradi. Kompaniya shu yilning iyul oyidan boshlab sotuv uchun mo‘ljallangan avtomobillarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

 

Tracker avtomobilini yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik jarayonida sinov uchun 16 dona avtomobil ishlanib, notekis yo‘lda harakatlanish va iqlim sharoitiga moslashuvchanligi tekshiruvdan o‘tkaziladi.

 

“Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlikning barcha bosqichlari reja asosida olib borilmoqda, kamchiliklar aniqlanmadi”, deydi loyiha rahbari Tolibjon Samsoqov.

 

Avtomobil LED yoritgichli kunduzgi chiroqlar, rangli 8 dyumli sensor displey “Chevrolet MyLink”, 6 dinamikli multimedia tizimi, ko‘pfunksiyali rul, kondisioner, panoramali lyuk va orqa oyna istish tizimi, old va orqa oyna elektropodyomnik bilan jihozlangan.

 

“Chevrolet Tracker”  avtomobili 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa ko‘rinish kamerasi, shinalar bosimi monitoringi tizimi, barqarorlikni nazorat qilish tizimi (ESP), tormoz (ABS) tizimi, tepalikka ko‘tarilishga yordam tizimi (HSA), orqa parktroniklarva bolalar o‘rindig‘i Isofix xavfsizlik texnologiyalariga ega.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Chevrolet Tracker–2” avtomobilini seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda | Zamon.uz