O'zbekiston

Prezident mart oyi boshida kuzatilgan shakarga “ajiotaj” mavzusiga to‘xtaldi

Jizzax, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida mavjud shakar zaxiralari o‘z vaqtida tarqatilmagan.

Prezident mart oyi boshida kuzatilgan shakarga “ajiotaj” mavzusiga to‘xtaldi

 

Ayrim hududlarda shakar narxi asossiz oshgan. Ayniqsa Jizzax, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida mavjud zaxiralar o‘z vaqtida tarqatilmagani sababli, shakar narxi keskin oshgan. 

 

“Savol tug‘iladi. Ushbu hududlarning hokimlari va prokurorlari qayoqqa qaragan?”, dedi Prezident. Shuning uchun viloyat, shahar va tuman hokimlari har kuni o‘z hududidagi oziq-ovqat, ayniqsa un, shakar va yog‘ning narxini  joylarda yurib o‘rganadi va barqarorlikni ta’minlash uchun tezkor tadbirlarni ko‘rib boradi.

 

Ayniqsa kirib kelayotgan Ramazon oyida narxlarning barqarorligini ta’minlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatib, naxrlarni arzonlashtirish bu ulug‘ ayyom kunlarida katta savob ekanligini barcha tadbirkorlarga tushuntirishlari kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Respublikaga chetdan bug‘doy, o‘simlik yog‘i va shakarni olib kelish bo‘yicha barcha masalalar hal qilib berilgani, endi buni aql bilan samarali tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.

 

Ko‘rsatilgan tezkor amaliy yordam sababli bozorlarda go‘sht, sut, kartoshka, tuxum, guruch narxlari barqarorligi saqlanmoqda. “Demak, harakat qilsak, albatta natija bo‘ladi”, dedi Prezident.

 

Davlat rahbari Respublika shtabiga quyidagilarni topshirdi:

 

- zarur oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun avval berilgan 500 milliard so‘m imtiyozli resurslarning qaytarish muddati yil yakuniga qadar uzaytirilsin;

 

- bir hafta muddatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning yuzaga kelgan muammolarini kundalik hal etish tizimi joriy etilsin;

 

- birja savdolarida oziq-ovqat va xom ashyoning to‘liq qo‘yilishi ustidan kunlik nazorat o‘rnatsin va sun’iy ravishda narx oshishining oldini olish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rib borsin;

 

- uch kun muddatda shakar, un, yog‘, go‘sht, choy, bolalar ovqatlari, sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha asoslangan taklif kiritsin.

 

“Bironta hokim va tarmoq rahbarining ish o‘rinlarini kamaytirishga, bandlik rejalarini bajarmaslikka haqqi yo‘q. Agar qaysi hokim bu ishlarni qilmasa, unga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi”, deya ogohlantirdi Prezident. 

 

Tashqi xavf-xatarlarni yumshatish maqsadida tadbirkorlarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari belgilab olindi.

 

Jumladan:

- banklar tomonidan tadbirkorlarga xom ashyo sotib olish va aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha 10 trillion so‘m “revolver” kreditlar ajratiladi. Ushbu mablag‘lar birinchi galda eksportchilar, oziq-ovqat va iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarga ajratiladi;

- davlat dasturlari doirasida meva-sabzavot yetishtirishga, oilaviy tadbirkorlik, ipoteka va ta’limga ajratiladigan kreditlar hajmi va imtiyozli stavkalari saqlab qolinadi.

 

“Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ajratiladigan mablag‘larni kamaytirmaymiz va yukini oshirmaymiz”, dedi Prezident.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"