Samarqand aeroportining yangi terminali 1 apreldan barcha aviareyslarni qabul qiladi
Yangi terminal 18 mart kuni ochilgandi.

«Uzbekistan Airways» Samarqand xalqaro aeroporti orqali uchib kelayotgan va uchib ketayotgan yo‘lovchilar uchun muhim xabar berdi.
Xabarda maʼlum qilinishicha, shu yilning 1 apreldan boshlab Samarqand aeroportiga va aeroportdan oshiriladigan barcha aviaqatnovlar yangi terminal orqali amalga oshiriladi.
Maʼlumot o‘rnida: joriy yilning 18 mart kuni aeroport majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Yangi terminal qurish loyihasi «Air Marakanda» MCHJ XK va «Uzbekistan Airports» AJ davlat hamkori o‘rtasida O‘zbekiston aviatsiya tarixida birinchi davlat-xususiy sheriklik shartnomasi doirasida amalga oshirildi.
Avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi poyezd qatnovlari kechiktirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







