Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmoqchi emas
Anqara Moskva bilan muloqotga katta ahamiyat beradi.

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Anqara Moskva bilan muloqotga katta ahamiyat berishini va unga qarshi sanksiyalarga qo‘shilish niyatida emasligini aytdi.
“Biz avvalroq Rossiyaga qarshi sanksiyalarda ishtirok etmasligimizni bir necha bor ta’kidlagan edik va buning sabablarini tushuntirdik. Rossiyaning harbiy harakatlariga munosabatimizni bildirar ekanmiz, biz ham muloqotimizni davom ettirishga katta ahamiyat beramiz. Bu muloqot Rossiya uchun ham muhim va zarur”, degan davlar rahbari.
Avvalroq Turkiya o‘z iqtisodiyotiga zarar yetkazmaslik uchun Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalarga qo‘shilish niyatida emasligini bir necha bor ta’kidlagan edi.








