Vladimir Putin rus gazi bo‘yicha yangi qarorni imzoladi
Qarordagi shart bajarilmasa, ayrim mamlakatlar bilan shartnomalar to‘xtatiladi.

Vladimir Putin Rossiya gazi uchun do‘st bo‘lmagan davlatlar tomonidan rublda to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda “Sputnik O‘zbekiston” nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, do‘st bo‘lmagan davlatlar Rossiya banklarida hisob-raqamlarini ochishlari kerak, yangi tartib 1-apreldan kuchga kiradi.
Agar bu davlatlar 1 apreldan boshlab rublda to‘lovlarni amalga oshirmasa, gaz shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik hisoblanadi, bu holatda amaldagi shartnomalar to‘xtatiladi.
Avvalroq Vladimir Putin Fransiya Prezidenti Makronga gaz masalasida shart qo‘ygani xabar qilingandi.








