O'zbekiston

DXX ta’lim sohasida 4 ta jinoyatni fosh qildi

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga oid korrupsion holat ham aniqlangan.

DXX ta’lim sohasida 4 ta jinoyatni fosh qildi

 


O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir qancha noqonuniy holatlar aniqlangan. Jumladan, Amudaryo tumani XTB va qurilish-ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi 2 nafar MCHJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, hududdagi maktablardan birining o‘quv binolarini ta’mirlash uchun ajratilgan jami 1 mlrd 235 mln so‘m pul mablag‘larining 177,6 mln so‘mini soxta ma’lumotlar orqali o‘zlashtirib olgani aniqlandi.

 

Amudaryodagi yana bir maktabda o‘qituvchi o‘zining hamkasbi ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni malaka toifasi olish bo‘yicha attestasiyadan o‘tkazib berish evaziga 600 dollari olgan vaqtida ushlangan. 

 

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi maktablardan birining direktori fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 400 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan. 

 


DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 22 yoshli shaxs 2 nafar fuqaroni poytaxtdagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 24 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan. 

 

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida muqaddam firibgarlik bilan sudlangan shaxs fuqaroni hokimiyat idoralarida ishlovchi tanishlari orqali “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritib, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan 3 xonali xonadon sotib olishi uchun subsidiya olishida yordam berish evaziga 400 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgan. 

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

DXX ta’lim sohasida 4 ta jinoyatni fosh qildi | Zamon.uz