Olti arab davlati TIV rahbarlari Moskvaga boradi
Ular Rossiya-Ukraina muzokaralariga ko‘mak bermoqchi.

Arab davlatlari Ukraina va Rossiya muzokaralariga ko‘maklashishga tayyor. Bu haqda Arab davlatlari ligasi bosh kotibi yordamchisi Xusam Zakiy maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu maqsadda liga bosh kotibi Ahmad Abu al-Geyt boshchiligidagi olti arab davlati tashqi ishlar vazirlari delegatsiyasi Moskvaga boradi.
“Ukraina bilan ham, Rossiya bilan ham do‘stona aloqalarga ega arab davlatlari inqirozni siyosiy vositalar bilan hal qilish va harbiy harakatlarning to‘xtatilishi yo‘llarini izlashga tayyor” , – degan Zakiy
.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Misr, Iordaniya, Iroq, Jazoir, BAA va Sudan tashqi ishlar vazirlari tez orada Moskvaga boradi va 4 aprel kuni muzokaralar o‘tkaziladi. Diplomat unda Ukraina tomoni ham ishtirok etishini istisno etmadi.
Avvalroq London Rossiya va Ukraina tinchlik shartnomasini imzolanishiga qarshilik qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







