Toshkentda tarovih namozi o‘qilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi
IIV avtomobillar harakati cheklanadigan hududlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi tarovih namozi munosabati bilan har kuni 18.00 dan 24.00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi.
— Quddus Sharif masjidi bo‘yicha: Yangi Sergili ko‘chasidan – Qipchoq ko‘chasi bo‘ylab, Nilufar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
— Mirza Yusuf (Bodomzor) masjidi bo‘yicha: Bog‘ishamol ko‘chasidan Chingiz Aytmatov ko‘chasi bo‘ylab Qozi tarnov 2-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
— Shayx Zayniddin masjidi bo‘yicha: Beshqarag‘och ko‘chasidan-Ko‘kcha darvoza ko‘chasi bo‘ylab, Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
— Novza masjidi bo‘yicha: Muqimiy ko‘chasidan Bunyodkor maxaliy yo‘li bo‘ylab, Seul ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ;
— Islom ota masjidi bo‘yicha: Farg‘ona yo‘li 5-tor yo‘lidan Farg‘ona yo‘lining maxalliy yo‘li bo‘ylab, Olot ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
— Yunusobod Oq tepa masjid bo‘yicha: Amir Temir shox ko‘chasidan Chinobod ko‘chasi bo‘ylab, Darvoza kent ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
— Fotima i Zaxro masjid bo‘yicha: Nurafshon ko‘chasidan Oqtepa Majlisiy ko‘chasi bo‘ylab, Katta Oq tepa ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
— Bo‘ta buva masjid bo‘yicha: Bunyodkor shox ko‘chasidan Beshqo‘rg‘on ko‘chasi bo‘ylab, Beshqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
— Yakkasaroy masjidi: Shota Rustaveli ko‘chasidan Yakkasaroy ko‘chavsi bo‘ylab, Bog‘ibo‘ston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
— Usmon Bin maxzun masjidi: Qushbegi ko‘chasidan KXAY bo‘ylab, Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Holatga qarab, namozxonlar soni ko‘payib ketgan taqdirda masjidga tutashgan boshqa yo‘llar ham yopilishi mumkin.








