Jahon

“TURKSOY”ga yangi bosh kotib saylandi

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti(TURKSOY)ning 2022-yilgi poytaxti – Turkiyaning Bursa shahrida mazkur tashkilotga aʼzo mamlakatlar madaniyat vazirlari Doimiy Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazildi.

“TURKSOY”ga yangi bosh kotib saylandi

 

Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida tashkilot faoliyatiga baho berildi.

 

Tadbirning ochilish marosimida TURKSOY Bosh kotibi Dusen Kaseinov tashkilot tomonidan Turk dunyosi madaniyati va sanʼatini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan muhim ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Tashkilot rasmi sayti xabariga ko‘ra, yig‘ilishda tashkilotning 2022-2025 yillar uchun yangi bosh kotibi saylandi. Bu lavozimga Qirg‘iziston vakili Sultanbay Rayev munosib ko‘rildi. Qirg‘iziston Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan Sultanbay Rayev davlat boshqaruvida katta tajribaga ega bo‘lib, 2013-2014 yillarda Qirg‘iziston madaniyat, axborrot va turizm vaziri lavozimida ishlagan. 2020 yildan tashkilot Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Tadbirda Kavkaz durdonasi bo‘lmish Shusha tarixi, madaniyati, ayni damda amalga oshirilayotgan qayta tiklash va bunyodkorlik ishlari haqida atroflicha maʼlumot berildi va shahar taqdimoti o‘tkazildi.

 

Bir ovozdan Ozarbayjonning Shusha shahri 2023-yil turk dunyosi madaniyat poytaxti deya eʼlon qilindi.

 

Majlis yakuniy hujjati imzolandi. Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mexmet Nuri Ersoy, tashkilot sobiq bosh kotibi Dyusen Kaseinov, yangi bosh kotib Sultanbay Rayev hamda tashkilotga aʼzo mamlakatlar madaniyat vazirlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shimoliy Kipr turk Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, turizm, madaniyat, yoshlar va atrof muhitni muxofaza qilish vaziri Fikri Ataoglu ham ishtirok etdi.

custom img

Yevropadagi jaziramadan so‘ng Fransiya janubida o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Mamlakatda 8,7 ming gektar maydon yonib ketgan. Shundan 1,2 ming gektari chorshanba kungi yong‘inlar oqibatida zararlangan.

custom img

Qamchibek Tashiyev 4 yilga qamaldi

Qirg‘izistonda "75 maktub" ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga hukm chiqarildi.

custom img

Rossiya Kiyevga yuzlab dron va 70 dan ortiq raketa bilan hujum qildi, kamida 21 kishi halok bo‘ldi

Ko‘plab odamlar yaralandi va qariyb 130 ta bino zarar ko‘rdi. Zelenskiy hujumdan talafot ko‘rgan hududga bordi.

custom img

Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimida 100 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etadi

Eron TIV ma’lumotiga ko‘ra, dafn marosimlari 3–9-iyul kunlari davom etadi.

custom img

Pokistondagi kuchli yomg‘irlar oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi

Musson mavsumi og‘ir talafotlarga sabab bo‘lib, suv toshqini xavfini kuchaytirilgan.

custom img

Venesueladagi zilzilalardan sakkiz kun o'tgach, vayronalar ostida omon qolgan odam topildi

Chili, AQSH va boshqa davlatlar qutqaruvchilari vayronalar ostida qolgan erkakni qutqarishga urinmoqda.

custom img

Amerika yordami endi Isroil uchun zarur emas — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat AQShning moliyaviy yordamidan voz kechishini e'lon qildi.

custom img

AQShda 16 nafar bolani bitta xonada dahshatli sharoitda saqlagan to‘rt kishi hibsga olindi

18 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yetti nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"