AQSH Kiyevga tank yetkazib berishda vositachi bo‘lmoqchi
O‘tgan haftada Zelenskiy so‘rab bir qator davlatlarga zirhli mashinalar so‘rab murojaat qilgandi.

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga Sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqarilgan tanklarni yetkazib berishda yordam berishi mumkin. Bu haqda The New York Times gazetasi AQSH administratsiyasiga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, Vashington Ukraina nizosi davrida ilk bor Kiyevga tank yetkazib berishda vositachi bo‘lmoqchi. Bu jarayon tez orada boshlanishi aytilgan. Shu bilan birga gazeta qancha tank berilishi va u qaysi davlatlar tomonidan taqdim etilishiga oydinlik kiritmagan.
Bu qaror Vladimir Zelenskiyning murojaatidan so‘ng qabul qilingan. o‘tgan hafta AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Ukraina yetakchisining bir qator davlatlardan tank so‘raganini maʼlum qilgandi.
Avvalroq Zelenskiy qaysi davlatlarning Ukraina xavfsizligi kafolatchisi bo‘lishga tayyorligini ochiqlagandi.







