“Novza” metro bekatida vestibyul ish vaqti uzaytirildi
Endi undan kechki soat 00.00 gacha foydalanish mumkin.

Toshkent metropolitenining “Novza” bekatida 1-vestibyul yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish vaqtini uzaytirdi.
Ma’lum qilinishicha, “Novza” masjidiga tashrif buyurayotgan namozxonlarga qulayliklar yaratish uchun 1 oy mobaynida bekatning 07:00 dan 19:00 ga qadar ish faoliyatida bo‘lgan 1-vestibyuli kechki soat 00:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Ushbu jadval bugun, 2-apreldan boshlab amal qiladi.
Avvalroq Toshkentda tarovih namozi o‘qilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopilishi xabar qilingandi.








