Urganchlik ona farzandlari uchun 44 mln aliment to‘ladi
Shu bilan ijro hujjati muddatidan oldin tamomlangan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 06.08.2019-yilgi sud hujjatiga asosan, qarzdor B.M.dan undiruvchi N.B.ning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning oylik daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari samara berib, qarzdor ona oldindan farzandi voyaga yetgunga qadar bo‘lgan 44.327.563 so‘m aliment pullarini undiruvchi N.B.ga to‘liq to‘lab berdi.
Shundan so‘ng aliment undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati Byuroning Urganch tumani bo‘limi tomonidan Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan.








