2 oydan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs YPX xodimi tomonidan ushlandi
Qo‘lga olingan shaxs IIBga topshirilgan.

30 mart kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida xizmat olib borayotgan YPX xodimi 2 oy avval qidiruvga berilgan shaxsni qo‘lga oldi.
Ma’lum qilinishicha, 1970-yilda tug‘ilgan fuqaro shu yilning 2-fevral kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan ayblanib, qidiruvga berilgan.
Ushbu shaxsga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va Nurafshon shahar IIBga topshirilgan.








