Bugun respublikada 30 darajagacha issiq harorat kuzatiladi
O’zgidromet 3-aprel kungi ob-havo prognozini ma’lum qildi.

O’zgidromet 2-aprel soat 20.00 dan 3-aprel 20.00 gacha kuzatiladigan ob-havo prognozini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo vaqti-vaqti bilan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–9 daraja, kunduzi 23–25 daraja iliq bo‘ladi
Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 25–30 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 23–28 iliq daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 19–24 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi.








