O'zbekiston

DXX soxta pul ishlab chiqaruvchilarni qo‘lga oldi

Ular 300 mln so‘mdan ortiq qalbaki banknotni muomalaga chiqarib yuborgan.

DXX soxta pul ishlab chiqaruvchilarni qo‘lga oldi

 

DXX va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda qalbaki pul tayyorlab, uni muomalaga chiqarish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi.

 

Jumladan, Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Buxoro shahriga borib, 10 mln 100 ming so‘m miqdoridagi qalbaki milliy valyutani 600 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan.

 

Shundan so‘ng uning jinoiy sherigi, Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro 600 AQSH dollarini qabul qilib olgan vaqtida ushlangan. Uning yashash manzilida 2 mln  150 ming so‘m miqdorida qalbaki banknotlar borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan. 

 

Surishtiruv harakatlari davomida qalbaki pullar aslida Andijon shahrida tayyorlanishi ma’lum bo‘lgan.

 

Dastlab Andijon shahrida yashovchi shaxs o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida 3 mln 200 ming so‘m miqdoridagi 64 dona 50 ming so‘mlik qalbaki banknotlarni olib ketayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.


So‘ngra mazkur qalbaki pullarni tayyorlovchi fuqaroning uyidan pul tayyorlashda kerak bo‘ladigan buyumlar hamda 14 mln 550 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.


Ta’kidlashicha, jinoiy guruh umumiy miqdorda 300 mln so‘mdan ortiq qalbaki pullarni tayyorlab, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida muomalaga kiritishga ulgurgan. 


Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

DXX soxta pul ishlab chiqaruvchilarni qo‘lga oldi | Zamon.uz