Kobulda kuchli portlash sodir bo‘ldi
10 kishi yaralangan, qurbonlar bor.

Bugun, 3-aprel kuni Afg‘oniston poytaxti markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Voqea Saroi Shahzoda kvartalida yuz bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash odamlar gavjum joyda sodir bo‘lgan, qurbonlar bor. O‘n nafar inson yaralangan.
“Tolibon” harakati ichki ishlar vazirligining xabar qilishicha, noma’lum shaxs ko‘chaga qo‘lbola granata tashlab ketgan. Hozircha hech kim ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Afg‘oniston poytaxtining asosiy valyuta bozori Saroy Shahzoda kvartalida joylashgan.








