O'zbekiston

Samarqandda chorvachilikka ixtisoslashgan yangi universitet ochildi

Oliygoh uchun alohida klinika va texnopark tashkil etiladi.

Samarqandda chorvachilikka ixtisoslashgan yangi universitet ochildi

 

31-mart kuni “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. 

 

Qarorga ko‘ra, Samarqand veterinariya medisinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.

 

Universitetda veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya, agrotexnologiya, agroiqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

 

Qaror bilan tasdiqlangan Universitet Boshqaruv kengashi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun ta’lim davomiyligi muddatlarini belgilaydi.

 

Universitet Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritadi.

 

Ta’limning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash uchun Universitetda Veterinariya klinikasi va kasalliklar diagnostikasi texnoparki tashkil etildi.

 

Universitetga sohada 5 yillik stajga ega xodimlar tavsiyanoma asosida o‘qishga tavsiya etilganda, to‘lov-kontrakt miqdori kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtiriladi.

 

Qarshi irrigasiya va agrotexnologiyalar institutida 2022/2023 o‘quv yilidan “Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi.

 

Qamashi xizmat ko‘rsatish texnikumi negizida Qamashi veterinariya medisinasi texnikumi tashkil etildi.

 

2022/2023 o‘quv yilidan veterinariya va biotexnologiya yo‘nalishlari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasidan har yili alohida kvota ajratiladi.

 

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Shuningdek, 2 mlrd so‘mlik dori vositalari ham yo‘q qilingan.

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Tadbir MIB va YHXB hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Samarqandda chorvachilikka ixtisoslashgan yangi universitet ochildi | Zamon.uz