Germaniya ham ko‘plab rus diplomatlarini o‘z hududidan chiqarib yuborishi mumkin
Ular Rossiya razvedkasi bilan hamkorlikda ayblanmoqda.

Germaniya o‘z hududidan 100 ga yaqin rus diplomatini chiqarib yubormoqchi. Bu haqda Bild gazetasi xabar berdi.
Gazeta manbalariga ko‘ra, ular RF maxsus xizmatlariga ishlashda ayblanmoqda. Kansler Olaf Shols hozircha bu masalani chuqur o‘rganishga topshiriq bergan.
Bundan oldin Bild Germaniya hududida Rossiya razvedkasining 2 mingga yaqin xodimi ishlashi haqida yozgandi.
Avvalroq Polsha va Avstraliyadan ham rus diplomatlari chiqarib yuborilgan edi.







