O‘zbekiston SHHT doirasida sunʼiy intellektni rivojlantirish tashabbusi bilan chiqdi
8 aprel kuni bu masala Toshkentda muhokama qilinadi

8 aprel kuni Toshkentda SHHT aʼzo-davlatlarining fan va texnika vazirlik hamda idoralari vazirliklari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, tomonlar 2022-2025 yillardagi ilmiy-texnik hamkorlikni muhokama qiladi. Shuningdek, SHHT davlatlarida sunʼiy intellektni rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Qayd etilishicha, bu tashabbus bilan O‘zbekiston tomoni chiqqan.
SHHT davlatlari ilm-fan idoralari rahbarlari yig‘ilishi 2010 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.
Avvalroq Toshkentda SHHT xalqaro yarim marafoni o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar qilingandi.







