Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziriga tabrik yo‘lladi
Prezident matbuot xizmati qutlov sababini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanga u rahbarlik qilayotgan partiya parlament saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, davlat rahbari Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan qutlagan.








