Kanada Belаrus va Rossiya fuqarolariga qarshi sanksiyalar joriy etadi
Kanada Ukraina va uning xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Kanada Rossiya Federatsiyasining to‘qqiz nafar fuqarosi va Belarusning to‘qqiz nafar fuqarosiga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda.
"Ko‘rilgan chora-tadbirlar Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini buzishga ko‘maklashgani uchun to‘qqiz nafar rossiyalik va to‘qqiz nafar belaruslikka nisbatan cheklovlarni nazarda tutadi. Bu odamlar Rossiya va Belarus rahbarlarining yaqin hamkorlaridir", deyiladi hukumat saytida.
Xabarda sanksiyalar ostida qolgan odamlarning ismlari ko‘rsatilmagan.
Bayonotda qayd etilishicha, Kanada Ukraina va uning xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.







